AsosiyJamiyat

Qurilishdagi kamchilik sabab iste`molchilarga 23 million so`m undirib berildi

'Qurilishdagi kamchilik sabab iste`molchilarga 23 million so`m undirib berildi'ning rasmi

Oltiariq tumani Guliston mahallasida yashovchi Oygul Tusmatova  xonadoniga o`rnatilgan AKFA eshik romlari bilan bog`liq muammo yuzasidan O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilih jamiyatlari federasiyasiga murojaat kelib tushgan. 

«Biz yangi qurilgan xonadonimizga AKFA eshik romlarini o`rnatib berishi uchun yakka tartibdagi tadbirkor I.Olimjonovga 11 000 000 (o`n bir million) so`m pul bergandik. Lekin uning tomonidan o`rnatilgan eshik romlar talab darajasida o`rnatilmaganligi bois turli muammolar kelib chiqdi. Ammo shu kunga qadar kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelmoqda. Natijada biz yangi qurilgan xonadonga ko`chib chiqa olmayapmiz» - deydi O.Tusmatova o`z murojaatida.

Federasiya  xodimlari murojaatni o`rganish va holatni joyida ko`rib chiqish asnosida xonadonga o`rnatilgan eshik romlarning hududda 20-21 yanvar kunlarida kuzatilgan qattiq shamoldan so`ng o`rnidan ko`chib, bir qismi nosoz holatga kelganligiga guvoh bo`ldilar.

Amaldagi «Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 19-moddasida, ijrochi ishda (xizmatda) jiddiy nuqsonlarga yo`l qo`ygan bo`lsa, iste`molchi o`z xohishiga ko`ra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (ko`rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, huddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, ko`rilgan zarar to`liq qoplanishini talab qilishga haqliligi belgilab qo`yilgan.  

Ushbu talablardan to`g`ri xulosa chiqargan ijrochi o`rganish ishlari doirasida kamchiliklarni to`liq bartaraf etib, o`zining zimmasidagi vazifalarni to`liq ado etdi.

Yana bir murojaat Qashqadaryo viloyatining Lagandi qishlog`ida yashovchi fuqaro Siddiqjon Tuyg`unov ham Federasiyaga murojaat qilib, Qarshi shahri I.Karimov ko`chasida qurilayotgan ko`p qavatli uylardan sotib olish maqsadida «Nasaf avtotrans qurilish» MChJ bilan shartnoma rasmiylashtirganligi, shartnomada uyning har bir kvadrat metri 3 million 250 ming so`mdan baholanib, jami 308 million 360 ming so`mga sotib olishga kelishilganligi va 77 million 90 ming so`m miqdorida bankka avans tariqasida to`lovni amalga oshirganligi, biroq quruvchilar tomonidan uy sifatli qurib topshirilmasdan kelinayotganligi ma`lum qilingan.

S.Tuyg`unovning murojaatini o`rganish jarayonida aniqlanishicha, «Nasaf avtotrans qurilish» MChJ va iste`molchi o`rtasida xonadonning oldi-sotdi shartnomasi 2018 yilning 22 dekabrida tasdiqlangan bo`lib,qurilgan uydagi kamchiliklar quruvchi tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasdan kelingan.

Murojaatni o`rganish davomida uyning qurilishidagi kamchiliklar o`rganilib, bugungi bozor narxida qayta hisob-kitob qilindi va qurilish tashkiloti va iste`molchining o`zaro kelishuviga muvofiq fuqaro S.Tuyg`unovga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun 12 million so`m undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar