AsosiyJamiyat

Termizda muzqaymoq paviloni qurish uchun tadbirkorga nega er ajratilmadi? Rasmiylar izoh berishdi

'Termizda muzqaymoq paviloni qurish uchun tadbirkorga nega er ajratilmadi? Rasmiylar izoh berishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar Tuproqqo`rg`on mahallasi, B.Zokirov ko`chasida yashovchi fuqaro Saidmamatov Baxtiyorga parkdan muzqaymoq paviloni qurish uchun 3 sotix er ajratish to`g`risida qaror chiqarilgan bo`lsa-da, ammo, hali hanuzga qadar qarorga asosan berilishi lozim bo`lgan er o`lchab berilmayotgani bo`yicha  murojaat joylashtirildi. 

Termiz shahar hokimligi holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi.

"Ushbu murojaatni o`rganish jarayonida, shaharning “Barkamol Avlod” ko`chasi yoqasidan yangidan barpo qilinayotgan bog` hududidan tadbirkorlarga hamda “Jayhun-Turon” oilaviy korxonasiga ham 300,0 kv.m er maydoni Termiz shahar hokimining 2017 yil 01.07 yildagi Q-1461-sonli qarori bilan muzqaymoq pavilonini qurish uchun ajratib berilganligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, tadbirkorlar va “Jayhun-Turon” oilaviy korxonasi tomonidan shahar hokimining yuqoridagi qarorida ko`rsatib, o`tilgan bandlar bajarilmaganligi hamda “Er kodeksi”ning 36-moddasi, 10-bandiga asosan, muddatida qurmaganligi bois, ushbu yangidan barpo etilayotgan bog` boshqa tadbirkorga to`liq 6,9 ga er maydoni ajratib berilgan.

O`rganish natijasida, “Jayhun-Turon” oilaviy korxonasi tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq hamda shahar hokimining qaror bandlari ijrosi belgilangan tartibda bajarilmaganligi va o`z vaqtida qurilish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli, Termiz shahar hokimining 2017 yil 1-iyuldagi Q-1461-sonli qarori bekor qilinishi maqsadga muvofiqligini bildiramiz", – deyiladi bayonotda.

 


 

    Boshqa yangiliklar