O`zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamkorligida o`tkazib kelinayotgan O`zbekistonda COVID-19ning ommaviy axborot vositalarida yoritilish tahliliga oid seminar-trening davomida berilgan ma`lumotlarga qaraganda joriy yilda 4 112 668 nafar aholi COVID-19ga qarshi vaksina bilan emlanadi va bu mutlaqo bepul bo`ladi, emlash hech qanday pullik bo`lmaydi.
Emlanadigan 4 mln.dan ortiq aholi kimlar va qaysi kasb egalaridan iborat bo`ladi?
1. Qariyalar 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar,
2. Keksalar 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar,
3. Uzoq umr ko`ruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar,
4. Tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar,
5. Surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar,
6. Maktab o`qituvchilari – 689 383 nafar,
7. Maktabgacha ta`lim xodimlari – 223 426 nafar,
8. Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.






