AsosiyJamiyat

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani uchun 6 nafar fuqaro jarimaga tortildi

'Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani uchun 6 nafar fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan 2021 yil 26 fevral kuni shahar va tumanlarda o`tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 6 nafar fuqaro noqonuniy ravishda belgilanmagan joyga chiqindilarni tashlaganligi aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.                         

Bular:      
                                                             
- Karman tumanida - 2 nafar  
- Qiziltepa tumanida - 2 nafar  
- Xatirchi tumanida - 1 nafar  
- Uchquduq tumanida - 1 nafar 

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarning barchasiga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 91 (pr1) - moddaning 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 470 ming so`m jarima belgilandi.

    Boshqa yangiliklar