26 fevral kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Aylanma ko`chasida yashovchi X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, mehmonxonasida uch dona qog`oz parchasiga o`ralgan holatda “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






