AsosiyJamiyat

Bojxonachilar 212 gr. og`irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yishdi

'Bojxonachilar 212 gr. og`irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yishdi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida piyoda ravishda kirib kelayotgan qo`shni davlat fuqarosi M.M.ning qo`l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati. 

Natijada, yuklar orasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan bir juft sirg`a va zanjirdan iborat taqinchoqlar to`plami borligi ma`lum bo`ldi.

Og`irligi taxminan 212 gr.ni tashkil qiluvchi mazkur taqinchoqlarning umumiy qiymati 91,6 mln. so`mni tashkil qilar ekan.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar