O`tgan hafta davomida, ya`ni 22 – 28 fevral kunlari «O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» savdolariga 31 342,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 10 468,9 tonnasi, ya`ni 33,4% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 25 xaridor ishtirok etdi. Bu haqda Xalq so`zi xabar bermoqda.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang`ich narxi ko`tarilganligi sababli uning o`rtacha kunlik narxi ham bir tonnasi uchun 6 255,7 ming so`mdan 6 336,4 ming so`mgacha yoki 1,3% ga ko`tarildi. Boshqacha aytganda benzin birja savdolarida deyarli boshlang`ich narx darajasida sotilgan.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 6 447,5 ming so`mni, AI-91 – 7 697,3 ming so`mni tashkil etdi.
Eslatib o`tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
02.03.2021 06:52
AI-80 markali avtomobil benzinining narxi ko`tarilishda davom etmoqda






