AsosiyJamiyat

To`raqo`rg`onda “Har bir oila tadbirkor” dasturi uchun ajratilgan mablag`lar talon-toroj qilindi

'To`raqo`rg`onda “Har bir oila tadbirkor” dasturi uchun ajratilgan mablag`lar talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To`raqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.D.” MChJ rahbari M.U. “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida AT “Xalq banki” To`raqo`rg`on filialidan turli fuqarolar nomiga “tikuvchilik dastgohlari sotib olish uchun” jami 155,2 mln so`m kredit mablag`larini ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag`larini qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari M.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar