AOKAda o`tkazilgan brifingda Maktabgacha ta`lim tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida quyidagi takliflar bildirildi
- Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ishlovchi xodimlar va qatnovchi bolalar sonini aniq bilish va ularga qo`shib yozishlarni oldini olish maqsadida “Face ID” tizimini joriy qilish;
- Tizim xodimlarining oylik maoshlari pastligini ko`rib chiqish (ma`lumot uchun: MTM oshpazi 680 ming so`m, hisobchisi 1,6 mln so`m, MTT rahbari 1,5 mln so`m maosh olishi aniqlandi);
- Oziq-ovqat mahsulotlariga belgilanayotgan narxlar nomutanosibligi o`rganish;
- Ijtimoiy sohada amalga oshirilgan jinoyatlar uchun javobgarlik chorasini kuchaytirish va jazo muqarrarligini va ta`sirchanligini ta`minlash;
- Tizimning barcha jarayonlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, buxgalteriya hisob-kitob va hisobot tizimini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali bir-birini takrorlayotgan ishlar hajmini kamaytirish.






