AsosiyJamiyat

Samarqandda bir-birini kaltaklagan mast xo`rrandalar uch sutkaga qamaldi

'Samarqandda bir-birini kaltaklagan mast xo`rrandalar uch sutkaga qamaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda odamlarni qadri" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Unda odamlarning bir-biri bilan janjallashgani aks etgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining holat yuzasidan bergan ma`lumotiga ko`ra, 2021 yilning 27 fevral kuni soat 23:00 larda Samarqand shahri Panjikent ko`chasida joylashgan “SARDOR MANSUR IXTIYOR” oilaviy ovqatlanish oshxonasidan 26 yoshli Shaxrom A., tanishi Baxtiyor B., bilan mast holda tashqariga chiqib, baland ovozda turli haqoratli so`zlarni ayta boshlashgan. Ushbu oshxonada tug`ilgan kunini nishonlayotgan 47 yoshli Baxodur K. ularga tanbeh beradi. Bu sarmast  xo`rrandalarga yoqmaganligi oqibatida janjanl chiqadi. Janjalga Bahodur K., ning 20 yoshli o`g`li  Asadbek A hamda jiyani 27 yoshli Damir K lar kelib qo`shiladi. Atrofdagilar ularni ajratib, yarashtirib uylariga jo`natib yuborishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, yuqorida ko`rsatilgan fuqarolar bir-birlariga da`vosi yo`qligini, ariza yozishdan bosh tortishlarini va sud tibbiy ekspertizadan o`tmasliklarini bildirganlar. 

Lekin ushbu fuqarolar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzganliklari yuzasidan, hudud profilaktika inspektori tomonidan tegishli tartibda O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183-moddasi 1-qismi (Mayda bezorilik) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudiga taqdim qilingan va sudning qaroriga ko`ra, Shaxrom A., Baxtiyor B., Damir K., Asadbek A.,larga nisbatan 3 (uch) sutka ma`muriy qamoq va Baxtiyor B.,ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya`ni 735 000 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

    Boshqa yangiliklar