Joriy yilning 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Asakada 3 ta avtomobil to`qnashdi" sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.
IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 28 fevral kuni soat 06:30larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, Dasturxonchi MFY hududidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 421-kilometrida "Neksiya" hamda ikki "Damas" rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Avtomobillar texnik shikastlangan.
Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to`qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






