2021 yilning 27 fevral kuni fuqaro S.A. Bag`dod tumani IIB jinoyat qidiruv bo`linmasi katta tezkor vakili N.X.ga murojaat qilib, o`ziga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha engillik qilib berish evaziga 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.
Fuqaro S.A.ga huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan.
Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda IJQKD Bag`dod tumani bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.A. Bag`dod tumani IIB jinoyat qidiruv bo`linmasi katta tezkor vakili N.X.ga Bag`dod tumanidagi markaziy o`yingohi oldida kelishilgan pullardan 50 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, IJQKD Bag`dod tumani bo`limiga yuborildi.