AsosiyDunyo

Ukraina prezidenti koronavirusga qarshi emlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda u...

'Ukraina prezidenti koronavirusga qarshi emlandi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda uning Twitter’dagi xabariga asoslanib «RBK» ma`lum qildi.

Zelenskiy Hindistonda AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan Covishield vaksinasi bilan emlandi. Prezidentning so`zlariga ko`ra, u vaksinani «askarlar bilan old qatorda turadigan bosh qo`mondon singari birinchilardan bo`lib» qabul qildi.

Ma`lumot uchun, 2020 yilning noyabr oyida Vladimir Zelenskiyda koronavirus aniqlangan. Zelenskiyning o`zi ham Facebook’dagi sahifasida COVID-19’ga testi ijobiy chiqqanini tasdiqlagan. O`shanda prezident o`zini yaxshi his qilayotganini va ishlashda davom etib, kasallikni engib o`tishiga ishonishini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar