AsosiyJamiyat

Mahallalarda talababay yurishlar boshlandi

'Mahallalarda talababay yurishlar boshlandi'ning rasmi

 Avval xabar berganimizdek, kecha, 2 mart kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o`tkazilayotgan «Hukumat soati»da talabalarni turar joyi bilan ta`minlash masalasida chiqish qildi.

Vazir o`z chiqishi davomida, ishchi guruhlar tuzilib, endilikda mahallalarda talababay yurish boshlanganini ma`lum qildi.

Shuningdek, Toshqulov ijarada turuvchi talabalar ham yashil, sariq va qizil ranglarga ajratilishini qayd etib o`tdi.

Vazirning aytishicha, u talabalar yotoqxonasiga borib, o`sha erdagi bir talaba bilan suhbatlashgani, tunni talabalar yotoqxonasida o`tkazganini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, 27 fevral kuni Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida ijarada yashab kelgan 5 nafar talabaning jonsiz tanasi topilgan. Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi ham qurilish ob`ektida yiqilib vafot etgani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:

Rektorlar nobud bo`lgan 5 talabaning janozasida qatnashdi, marhumlarning ota-onasiga yordam berildi

 

    Boshqa yangiliklar