AsosiyJamiyat

ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi xavfsizmi? Deputat Doniyor G`aniev buni o`zida sinab ko`rib, xulosalari bilan o`rtoqlashdi

'ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi xavfsizmi? Deputat Doniyor G`aniev buni o`zida sinab ko`rib, xulosalari bilan o`rtoqlashdi'ning rasmi

Deputat Doniyor G`aniev Ichki Ishlar vazirligi poliklinikasida kuni kecha davlat ro`yхatidan o`tkazilgan o`zbek va xitoy olimlari hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 200 rekombinant vaksinasini birinchilardan bo`lib ko`ngilli tarzda qabul qildi.

Bundan asosiy maqsad, ushbu vaksinani xavfsiz va samarali ekanligini targ`ib qilishda ishtirok etish hamda so`nggi kunlarda xalqimiz orasida paydo bo`lgan “yangi vaksina xavfsizmi?” kabi savollarga o`z munosabatimni bildirishdir, deya o`z xulosalarini bayon qildi deputat.

"Emlanish jarayonida qon bosimi, yurak urushi, turli allergik kasalliklarga moyillik kabi bir nechta tibbiy ko`riklardan o`tdim, vaksinani qabul qilgandan so`ng bir muddat shifokorlar kuzatuvida bo`ldim va barcha holatlar ijobiy bo`lgach ketishga ruhsat berishdi. Umuman jarayon juda ham oddiy va xavfsiz o`tkazildi.

Yaqin kunlarda O`zbekiston bo`ylab COVID-19 koronavirusi pandemiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari boshlanishi kutilmoqda. Ushbu jarayonlarda barcha qo`rqmasdan vaksinani qabul qilishi mumkin. Umid qilamanki, ommaviy emlash jarayonlarida millionlab hamyurtlarimiz vaksinani qabul qilishadi va ommaviy immunitetni yaratib, bu kasallikni birgalikda engamiz.

ZF-UZ-VAC 200 rekombinant vaksinasi yaratilishida o`zbek olimlarining hissasi borligi avval ham ta`kidlaganimizdek, mamlakatimiz olimlarining katta yutuqlaridan biri bo`ldi hamda ilm-fan sohasida bundan keyingi yutuqlar uchun ilk qadam bo`lsa ajab emas", - yaxshi niyat qilgan G`aniev. 

    Boshqa yangiliklar