1

Ellikqal`a tumanidagi “Bolalar-o`smirlar sport maktabi”dagi talon-torojliklar fosh etildi

Jamiyat 03.03.2021, 12:20
Ellikqal`a tumanidagi “Bolalar-o`smirlar sport maktabi”dagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal`a tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi.

Unda, Ellikqal`a tumanidagi “Bolalar-o`smirlar sport maktabi” mas`ul va moddiy javobgar shaxslari 2018-2020 yillarda maktabning murabbiy va  xodimlariga jami 491,4 mln so`m xizmat safari xarajatlari va ish haqlarini naqd pul shaklida ajratib, to`lov qaydnomalardagi imzolarni soxtalashtirib, byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1