1

"UzAuto Motors" eng haridorgir mashinalar – "Spark", "Nexia", "Cobalt" va "Lacetti" uchun shartnoma tuzishni boshladi

Jamiyat 03.03.2021, 13:22
"UzAuto Motors" eng haridorgir mashinalar – "Spark", "Nexia", "Cobalt" va "Lacetti" uchun shartnoma tuzishni boshladi

5 fevralda UzAuto Motors kompaniyasi Asaka shahridagi zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga kontraktasiya vaqtincha to`xtalganligi haqida xabar berilgan edi. 

“Uzauto Motors” kompaniyasi bu to`xtatishni majburiy chora ekanligini, "SAP S/4HANA" korxona resurslarini boshqarish tizimi (ERP-tizim)ni ishga tushirish jarayoni bilan bog`lagan edi.

Ma`lum qilinishicha, SAP S/4HANA ­– bu resurslarni rejalashtirish uchun yirik korxonalarga mo`ljallangan dasturiy to`plam – ERP-tizimdir. U asosiy kundalik biznes-jarayonlarni qamrab oladi: ishlab chiqarish, xaridlar va logistika, moliya va buxgalteriya hisobi, kadrlar ma`murchiligi, mahsulotni sotish. Ushbu tizimning muvaffaqiyatli integrasiyasi real vaqt rejimida ma`umotlarni tahlil qilish va prognozlash imkonini beradi, bu esa, ma`lumotlar asosida biznes-qarorlarni tez qabul qilishga yo`l ochadi.

" SAP S/4HANA tizimiga o`tilishi kompaniya moslashuvchanligi, samaradorligi o`sishi va xarajatlarining tejalishiga imkon beradi, shuningdek etkazib berish zanjirini optimizasiyalaydi. Kompaniyaning amaldagi barcha biznes-jarayonlariga daxl qiluvchi bu tizim takrorlanuvchi vazifalarni bajarishdan xalos qiladi, murakkab biznes-jarayonlarni optimizasiyalaydi va barcha miqyoslardagi jarayonlarning to`liq avtomatizasiyasini ta`minlaydi.

Ishlab chiqarish jarayonlari, ombor hisobi va kompaniyaning ishlab chiqarish bloklarida butlovchi qismlar etkazib berilishi tizimini avtomatizasiyalash konveyerga butlovchilar va xom ashyoning o`z vaqtida etkazib berilmaganligi bilan bog`liq ishlab chiqarishdagi to`xtab qolishlarni chetlab o`tish imkonini beradi. Bundan tashqari, tizimli yondashuv korxona omborlarida ortiqcha xom ashyo, butlovchi qismlar va mahsulot turib qolishining oldini oladi.

Avtomobillarni taqsimlash jarayonining avtomatizasiyasi (navbatga avtomatik qo`yish) bilan bir qatorda, UzAuto Motors kompaniyasi sotuvlar tizimida shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonining ham maksimal avtomatizasiyasiga erishish niyatida. Bu barcha jarayonlarning shaffofligini oshiradi va inson omilini istisno qiladi", deb ma`lum qildi kompaniya.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1