1

Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

Jamiyat 03.03.2021, 16:15
Teglar: gaz ta`minoti
Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

Toshkentning Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida gaz faoliyati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko`ra, 3 mart kuni soat 11:00 – 13:00 vaqt oralig`ida «Hududgaz Poytaxt» GTF «Yakkasaroytumangaz» gaz ta`minoti bo`limi tomonidan tumandagi Shota Rustaveli ko`chasida joylashgan o`rta bosimli gaz taqsimlash punktida ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Shota Rustaveli ko`chasidagi №33-39 ko`p qavatli uylarning – 90 ta aholi hamda 1-tor Kichik Beshyog`och ko`chasidagi -12 ta erli aholi xonadonlari tabiiy gaz ta`minotidan vaqtinchalik to`xtatiladi.

Qayd etilishicha, ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1