1

Chet eldan olib kirilgan qanday transport vositalaridan utilizasiya yig`imi undirilmasligi ma`lum qilindi

Jamiyat 03.03.2021, 17:34
Teglar: utilizasiya
Chet eldan olib kirilgan qanday transport vositalaridan utilizasiya yig`imi undirilmasligi ma`lum qilindi

Qonunchilikka ko`ra quyidagi transportlarga utilizasiya yig`imi to`lanmaydi:

- diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek, bunday vakolatxonalar, muassasalar, tashkilotlarning O`zbekiston fuqaroligi bo`lmagan, diplomatik maqomga ega bo`lgan xodimlari va ularning oila a`zolariga tegishli transportlarga;

- ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 30 va undan ortiq yil o`tgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 50 va undan ortiq yil o`tgan, yo`lovchilar va yuklarni tijorat maqsadida tashish uchun mo`ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transportlarga;

- davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yo`nalishlari bo`yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik ko`mak (grant) mablag`lari hisobiga olib kiriladigan transportlarga;

- O`zbekistonga olib kirilib, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transportlarga.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1