1

“O`zbekneftgaz”: Neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan ayollar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat uyushtirildi

Jamiyat 03.03.2021, 17:49
“O`zbekneftgaz”: Neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan ayollar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat uyushtirildi

Bugungi kunda barcha sohalar qatori neft va gaz sohasida ham ichki turizmni rivojlantirishga keng e`tibor qaratilmoqda. Bu borada fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishtirish borasidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari o`ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. 

“8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Muborak” gazni qayta ishlash zavodining sex va bo`limlarida ishlab chiqarish hamda jamoat ishlarida ilg`or qatnashgan bir guruh xotin-qizlar Samarqand shahriga ikki kunlik turistik sayohatga yuborildi.

Sayohat davomida ayollar qadimiy Samarqandning diqqatga sazovor joylari, ko`p yillik tarixini o`zida aks ettiruvchi me`moriy ob`ektlari va qadimiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Jumladan, “Registon” maydonidagi “Tilla Kori”, “Sherdor”, “Ulug`bek” madrasalari, “Amir Temur” maqbarasi, “Go`ri Amir” ziyoratgohi, “Shoxi Zinda” majmuasida bo`lishdi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Hazrati Xizir” maqbarasi yonidagi qabrini ham ziyorat qilishdi.

“O`zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo`mitasi hamkorligida imtiyozli ravishda uyushtirilgan mazkur sayyohlik tadbiri orqali ishtirokchilar tarix nafasini his qilish imkoniga ega bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1