AsosiyJamiyat

Hokimlarga bir kvadrat metr uy narxini 4 million so`mdan oshirmaslik vazifasi yuklatildi

'Hokimlarga bir kvadrat metr uy narxini 4 million so`mdan oshirmaslik vazifasi yuklatildi'ning rasmi

Prezident boshchiligida bo`lib o`tayotgan videoselektorda joylardagi barpo etilayotgan uy-joylar narx-navosining balandligi tanqidiy muhokama qilindi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri. 

Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buni ichiga kirmagani ham, rost.Shuning uchun, viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million so`mdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni ko`rishi kerak”, - dedi davlat rahbari.

Bunda, har bir tuman, shahar va viloyat hokimi:

  • o`z hududida qurilish tannarxini ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metal narxini qanday pasaytirsa bo`ladi, degan savollarning javobini topishi;
  • ikki hafta muddatda o`z hududida quruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, banklarni yig`ib, aniq “kalkulyasiya”larni ishlab chiqishi;
  • viloyat hokimlari esa bir oy muddatda uy-joylarni qurish uchun er uchastkalarini infratuzilmaga tutash hududlardan ajratishi kerakligi aytildi.

 

Mavzuga doir:

Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo`yicha moliyaviy resurslardan etishmovchilik va cheklovlar bo`lmaydi — Prezident ikki mansabdorga topshiriq berdi

 

    Boshqa yangiliklar