AsosiyJamiyat

"O`zbekiston temir yo`llari" Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar haqida ma`lum qildi

'"O`zbekiston temir yo`llari" Navro`z bayrami munosabati bilan chegirmalar haqida ma`lum qildi'ning rasmi

"O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi PF-6122-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari tarifiga kiritilgan chegirmalar borligini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2021 yilning 20-22 mart kunlarida quyidagi bayram chegirmalar mavjud:

- Nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%; 

 - Oliy o`quv yurtlarining talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta`lim muassasalari talabalari – 15%; 

 -  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;  

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida)  – 15%; 

- «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga - 10%.

IZOH: Imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
 

 

    Boshqa yangiliklar