AsosiyJamiyat

Yangiariq tumanida 317 tonna ko`mir talon-toroj qilindi

'Yangiariq tumanida 317 tonna ko`mir talon-toroj qilindi'ning rasmi

Yangiariq tumani ko`mir omborida 317 tonna ko`mir talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ko`mir ta`minot” MChJ ga qarashli Yangiariq tumani ko`mir ombori mudiri A.Sh. umumiy bahosi 95,2 mln so`mlik 317 tonna ko`mir mahsulotlari kamomadiga yo`l qo`yib, o`zganing ko`p miqdordagi mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ombor mudiri A.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar