1

«Bojni to`lash yoki to`lamasligimizni hozir ayta olmayman» — «O`zavtosanoat» vakili

Jamiyat 04.03.2021, 11:30
«Bojni to`lash yoki to`lamasligimizni hozir ayta olmayman» — «O`zavtosanoat» vakili

«O`zavtosanoat» boshqaruv raisi o`rinbosari Azizbek Shukurov UzAuto Motors kompaniyasi Tahoe, Equinox, Trailblazer va boshqa shu kabi xorij avtomobillari uchun bojxona boji to`lash yoki to`lamasligini ayta olmadi. Bu haqda gazeta xabar bermoqda. 

«Aksiz o`tgan yili chiqqan qaror bilan nafaqat bizga, hammaga — mahsulot ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarga ham bekor qilingan. QQS 100 foiz to`lanadi. Davlat bojini to`lash yoki to`lamasligimizni hozir ayta olmayman. Lekin, UzAuto Motors mavjud qonun doirasida faoliyat olib boradi», — dedi u.

UzAuto Motors bosh direktori v.b. Rustam Rajabovning aytishicha, ST-1 sertifikatiga ega Lada, Hyundai va boshqa Rossiyadan avtomobil keltirayotganlar «UzAuto Motors bilan bir xil shartlarda va hech qanday boj to`lamaydi». «Ular nima to`lasa, biz ham shuni to`laymiz», — deya qo`shimcha qildi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1