AsosiyJinoyat

Xorazmda 22 yoshli qizni sotib yubormoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Xorazmda 22 yoshli qizni sotib yubormoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bog`liq jinoyatga chek qo`yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati Darakchiga xabar bermoqda. 

Xususan, Buxoro shahrida yashovchi, 1983 y.t. J.R. va Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. Q.D.lar aldov yo`li bilan 1999 yil Xorazm viloyatida tug`ilgan S.M.ning ishonchiga kirib, uni fohishalik bilan shug`ullantirish maqsadida “Toshkent-Sharja”, “Sharja-Maskat” yo`nalishi bo`yicha Ummon davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtlarida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, J.R. Ummon davlatidan S.M.ga viza rasmiylashtirib, aviachipta xarid qilgan.

Ta`kidlash lozimki, J.R. muqaddam BAA va Ummon Sultonligiga qizlarni fohishalik bilan shug`ullanish uchun yuborganlikda ayblanib, Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan bir necha marotaba sudlangan bo`lishiga qaramasdan, o`z xatolaridan to`g`ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda J.R. va Q.D.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar