1

"Qurilishning keskin ortib ketishi er ostidagi, ko`zga ko`rinmaydigan kommunikasiya tizimining oshishiga olib kelmoqda" – Vazir

Jamiyat 04.03.2021, 13:14
"Qurilishning keskin ortib ketishi er ostidagi, ko`zga ko`rinmaydigan kommunikasiya tizimining oshishiga olib kelmoqda" – Vazir

Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etgan Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Sherzod Hidoyatovning ma`lum qilishicha, ilgari suv-kanalizasiya quvurlari yiliga 500-1000 kilometrgacha tortilgan bo`lsa, oxirgi 3 yilda har yili 4000-5000 kilometrli quvurlar tortilmoqda. 

" – Juda ko`p joylarni suv bilan ta`minlash ishlari olib borilmoqda.

 3 yil ichida uy-joy qurilishining keskin ortib ketishi er ostidagi, ko`zga ko`rinmaydigan kommunikasiya tizimining oshishiga olib kelmoqda. Kommunikasiya tizimi bo`lmasa, ko`p qavatli uylardan foydalanish imkoni bo`lmaydi.

Respublika bo`yicha 45 ming xonadonli uyni suv va kommunikasiya tizimi bilan ta`minlash masalasini Qurilish vazirligi bilan birgalikda hal qilish ustida chiqyapmiz", — dedi vazir.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1