AsosiyJamiyat

Buxoroda 1000 ta «konteyner uy» imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi

'Buxoroda 1000 ta «konteyner uy» imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi'ning rasmi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Prezidentning Buxoroga tashrifi chog`ida viloyatda temir daftarga kirganlarni ish o`rinlari bilan ta`minlash, ularni maishiy xizmatlar ko`rsatish sohalariga jalb qilish maqsadida bo`shagan yuk konteynerlarini zamonaviy ko`rinishda jihozlagan holda, aholi punktlarida o`rnatish choralarini ko`rish topshirig`i berilgan. 

Mazkur ko`rsatma asosida viloyat hokimligi, bojxona boshqarmasi hamda «Remont mexanika» zavodi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzilib, hozirgi kunga qadar respublikamizning turli hududlaridan 1000 donaga yaqin konteynerlar yig`ilmoqda. Ular zamonaviy ko`rinishda ta`mirlanib va jihozlanib, imtiyozli kredit asosida viloyatdagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar