1

«Shavkat Mirziyoevdan boshqa nomzod ko`rmayapman». Sodiq Safoev — prezident saylovlari to`g`risida

Jamiyat 04.03.2021, 13:42
«Shavkat Mirziyoevdan boshqa nomzod ko`rmayapman». Sodiq Safoev — prezident saylovlari to`g`risida

Senat raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev Gazeta.uz muxbiriga 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o`tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo`lishini aytgan.  

U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoevdan boshqa loyiq nomzodni ko`rmayotganligini ta`kidlagan.  

«Bu inson islohotlarni boshladi, ularning lokomotivi, g`oyalar generatori. Menimcha, unga keyingi muddatga yangi mandat berish O`zbekiston kelajagi uchun hayotiy ahamiyatga ega», — deya ta`kidlagan.

O`z o`rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to`laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirgan.

Sodiq Safoev saylovlarda mustaqil nomzod sifatida qatnashish imkoniyati yo`qligiga ham to`xtalgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1