AsosiyJamiyat

Turkiya Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga tashrif buyuradi

'Turkiya Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

2021-yilning 6 – 9-mart kunlari Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`lu boshchiligidagi delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyuradi.

Turkiya delegasiyasi O`zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig`ilishida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar