1

Kasbi tuman 11-IDUM o`quvchilariga va`da qilingan stipendiyalar topshirildi

Jamiyat 04.03.2021, 18:08
Teglar: Kasbi, 11-IDUM
Kasbi tuman 11-IDUM o`quvchilariga va`da qilingan stipendiyalar topshirildi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan 11-Ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabi o`quvchilari uchun stipendiya joriy qilingani haqida xabar bergan edik. 

Maktab ma`muriyatining "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, homiylar, sobiq bitiruvchilar, ota-onalar va ustozlar tashabbusi bilan joriy qilingan stipendiya maktabning 25 nafar eng a`lochi o`quvchilariga topshirildi. 

"Stipendiya joriy qilishdan maqsad o`quvchilarni ilmga nisbatan ruhlantirish, yaxshi bilim va tafakkurning ortidan halol daromad topishga o`rgatish, sog`lom raqobat muhitini shakllantirish, kam daromadli, ammo ilmga chanqoq oilalar farzandlarini oz bo`lsada moddiy jihatdan qo`llab quvvatlash, chekka hududlardan(maktab binosidan 25-30 km masofadan)qatnab o`qiydigan o`quvchilar oilalariga yordam ko`rsatish",–deydi maktab direktori Azizjon Kamolov. 

Ma`lumot uchun, joriy yilning fevral oyida Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari N.Abdullaxanov Namangan shahridagi 46-sonli umumta`lim maktabi o`quvchilari uchun “senator stipendiyasi”ni ta`sis etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1