Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning «Eski juva» bozorida ayollar o`rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB aniqlik kiritdi.
Ma`lum bo`lishichA, 23 fevral kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 39 yoshli Zulfiya K. ariza bilan murojaat qilib, u bilan janjallashib haqorat qilgan qarindoshlari – 58 yoshli Matluba Sh. va uning o`g`li Xojiakbar Sh.larga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur holat yuzasidan Matluba Sh. va Xojiakbara Sh.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.