AsosiyJinoyat

Bo`stonliqda o`zganing erini sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Bo`stonliqda o`zganing erini sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bo`stonliq tumanida boshqa fuqaroning 15 sotix erini firibgarlik yo`li bilan sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi, deya xabar qildi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`stonliq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. va boshqalar fuqaro U.ning ishonchiga kirib, boshqa fuqaroga tegishli bo`lgan “Sijjak” qishlog`ida joylashgan 15 sotix bo`sh erni uning nomiga Bo`stonliq tumani kadastr bo`limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 33 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar