AsosiyDUNYO

Turkiyada harbiy vertolyot quladi

Turkiyaning sharqida yuz bergan ushbu halokat oqibatida 11 nafar harbiy xizmatchi qurbon b...

'Turkiyada harbiy vertolyot quladi'ning rasmi

Turkiyaning sharqida yuz bergan ushbu halokat oqibatida 11 nafar harbiy xizmatchi qurbon bo`lgan, yana uch nafar askar jarohat olgan, deyiladi RIA Novostining Turkiya mudofaa vazirligi bergan ma`lumotiga tayanib tarqatgan xabarida.

"Cougar toifasidagi vertolyot Bingelyadan Tatvanga qarab uchgan. Harbiy vertolyotni qidirish uchun zudlik bilan uzi uchar qurilmalar, CN-235 samolyoti va vertolyot jo`natilgan. Natijada vertolyot halokatga uchragan joy aniqlandi", – deb xabar berdi vazirlik.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, halokatga mazkur hududdagi noqulay ob-havo yoki vertolyotning texnik nosozligi sabab bo`lgan.

Halok bo`lganlar orasida Turkiya quriqlikdagi qo`shinlarining sakkizinchi korpusi qo`mondoni general Osman Erbash ham borligi aytilmoqda.

Fojea Bitlis viloyatining chiqib bo`lmaydigan tog`li hududida sodir bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar