AsosiyJamiyat

O`zbekistonning har bir hududida Yoshlar media markazi va Yosh jurnalistlar maktabi ochilishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonning har bir hududida Yoshlar media markazi va Yosh jurnalistlar maktabi ochilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Respublika bo`ylab yoshlar uchun media markazlar va jurnalistika maktablari ochiladi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma`lum qildi.

 «Yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, jurnalistikaga bo`lgan qiziqishini qo`llab-quvvatlash maqsadida respublikaning har bir hududida Yoshlar media markazi va Yosh jurnalistlar maktabi ochilishi rejalashtirilib, ularning moddiy texnik bazasini shakllantirish uchun Yoshlar ishlari agentligi hisobidan qariyb 2 milliard so`m ajratildi.

Bugunga qadar mazkur loyiha asosida Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida media markazlar va yosh jurnalistlar maktablari faoliyati yo`lga qo`yilib, hozir ushbu dargohlarda 1200 dan ortiq yoshlar ta`lim olmoqda», – deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar