AsosiyJamiyat

Qo`qon shahri mehmonlariga hokimning o`zi gidlik vazifasini o`tab berdi

'Qo`qon shahri mehmonlariga hokimning o`zi gidlik vazifasini o`tab berdi'ning rasmi

Joriy yilning 2-4 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmandlar” uyushmasi va Farg`ona viloyati hokimligi hamkorligida OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida Infotur tashkil qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg`ona viloyatiga qilgan tashrifi davomida berilgan topshirig`i asosida tashkillashtirilgan tadbir ishtirokchilari Qo`qon shahri markaziy temir yo`l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi.  

Mehmonlarni kutib olganlar qatorida Farg`ona viloyati hokimining turizm va sport ishlari bo`yicha maslahatchisi H. Ahmedov, Qo`qon shahar hokimi M. Usmonov, Farg`ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig`i M. Temirovlar ham bor edi.

Rejaga ko`ra INFOTUR ishtirokchilari Qo`qon shahrining diqqatga sozovor ob`ektlari bilan tanishdilar. Shahar hokimi Ma`rufjon Usmonovning shaxsan o`zi har bir ob`ekt va Qo`qon to`g`risidagi ma`lumotlar bilan tanishtirib jurnalistlar uchun gid vazifasini o`tab berdi.

Qo`qon XVIII asrga kelganda Farg`ona vodiysining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylandi. Ayniqsa XIX asr boshlarida bu davlat Qo`qon xonligi deb e`lon qilingach, uning mavqeyi yanada ortib ketdi. Tez orada Markaziy Osiyoning katta qismini egallagan Qo`qon xonligi qo`shni davlatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalarni kuchaydirdi.

Bu narsalarning hammasini “Qo`qon davlat muzey-qo`riqxonasi”da ko`rish mumkin. Mazkur muzey 1925 yilda, sobiq Qo`qon xoni Xudoyorxon o`rdasida tashkil etilgan. Xalq orasida “Xudoyorxon o`rdasi” nomi bilan mashhur bo`lgan mazkur bino 1873 yilda qurib bitkazilgan va Farg`ona me`morchilik maktabining noyob namunasi hisoblanadi. Muzeyda 47 mingdan ortiq asori atiqalar saqlanib, uni bir yilda o`rta hisobda 300 ming tamoshabin ko`rib ketadi. Shu qatorda Qo`qonning kaloniyal davri yodgorliklari ham tanishtirib o`tildi.  

Keyingi maskan “Jome` amaliy san`at muzeyi” bo`lib, u 1990 yilda, Qo`qon xoni Umarxon davrida (1787-1822 yy) qurilgan Jome` masjidi binosida tashkil etilgan. Uning ekspozisiyasida Qo`qonning noyob amaliy san`ati namunalari namoyish etiladi. Masjidning o`zi esa, Makaziy Osiyoda yagona usulda – 98 ustunli ochiq ayvon va 99-chi ustun sifatida qurilgan minora bilan uyg`unlashgan noyob bino sanaladi. So`nggi maskan, “Buyuk allomalar muzeyi” buldi. Bu muzey 2018 yilda, Muhtaram Prezidentimizning Farg`ona viloyatiga tashriflari jarayonida ochilgan. U zamonaviy andazadagi me`moriy binoda joylashgan bo`lib, undan Farg`ona vodiysidan etishib chiqqan allomalarning ilmiy-adabiy merosi va hayot yo`llarini aks ettiruvchi ekspozisiya joy olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar