AsosiyJamiyat

“O`zbekiston ayol sudyalari” to`plami ikki tilda chop etildi

'“O`zbekiston ayol sudyalari” to`plami ikki tilda chop etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida xayrli ishni amalga oshirdi. Ya`nikim, kengash tashabbusi bilan “O`zbekiston ayol sudyalari” to`plamini o`zbek va ingliz tillarida chop etdi.

Bugungi kunda O`zbekistonda 165 nafar ayol sudyalar faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Bu umumiy sudyalar salkam 13 foizini tashkil qiladi. Bu odil sudlovni amalga oshirishda xotin-qizlar munosib hissa qo`shayotganini anglatadi.

To`plamda barcha sudya ayollar haqida  ixcham ma`lumotlar jamlangan. 

Mazkur to`plam dunyo hamjamiyatiga sudya ayollarimizga hurmat-ehtirom ramzi va Xalqaro xotin-qizlar kuniga kamtarona sovg`a sifatida tayyorlandi.

    Boshqa yangiliklar