Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax – Paxtakor –Gagarin” 4R-38 yo`lining 11-kilometrida maktab o`quvchisi boshqaruvidagi avtoulov halokatga uchradi. Bu haqda “Rostda” muxbiri xabar berdi.
Ya`ni “Nexia”da harakatlanayotgan Jizzax shahri Mirzo Bobur nomidagi mahallada yashovchi, hududdagi o`rta umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi D.N. boshqaruvini yo`qotishi oqibatida avtolulov yo`l chetidagi beton ariqqa tushib ketgan. O`quvchida avtomashinani boshqarish huquqi hamda transportga tegishli hujjatlar bo`lmagan.
Voqea sabab avtmashina salonidagi yo`lovchi, Jizzax shahrining Amir Temur nomidagi mahallada yashovchi N.R. o`ng o`mrov suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






