Toshkentda raqamli kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug`ullangan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ma`lum qilinishicha, fuqaro D.K. «R.» ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, raqamli kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug`ullanib, 1V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 dollarga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga o`zining 5 foiz ustama foydasini qo`shib hisoblab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini kelishilgan «elektron hamyon»ga o`tkazib bergan.
Evaziga xaridordan 23 400 dollar va 800 ming so`mni olgan vaqtida departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan D.K. va «R.» ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






