1

Microsoft'ning zaifligi sabab 20 mingdan ortiq kompaniya xakerlar xujumiga duch keldi

Hi-tech 06.03.2021, 08:48
Microsoft'ning zaifligi sabab 20 mingdan ortiq kompaniya xakerlar xujumiga duch keldi

Microsoft o`ziga bo`layotgan virusli hujumlarda Xitoy hukumatini ayblamoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakilining ta`kidlashicha, mamlakatning Microsoft hujumlariga hech qanday aloqasi yo`q.

Microsoft dasturiy ta`minotining zaifligi AQShning 20 mingdan ziyod tashkilotini xakerlik xatariga duchor qildi, deb yozdi Reuters AQSh tomonidan e`lon qilingan kiberhujum haqidagi ma`lumotlarga asoslanib.

3-mart, chorshanba kuni Microsoft kompaniyasi xitoylik xakerlar AQShdagi turli tashkilotlardan ma`lumot olishga intilib, Microsoft Exchange Server-ning mahalliy versiyalariga hujum qilganligini e`lon qildi.

Microsoft ma`lumotlariga ko`ra, hujumlarda Hafnium nomli xakerlar guruhi ishtirok etgan. Hafnium-ning maqsadi yuqumli kasalliklar tadqiqotchilari, yuridik firmalar, universitetlar, nodavlat tashkilotlar, tahlil markazlari va boshqa bir qator tashkilotlardan ma`lumot olish edi. Microsoft ushbu guruhni Xitoy rasmiylari qo`llab-quvvatlaydi deb hisoblaydi. Korporasiya hujumlar uch bosqichda amalga oshirilganligini ta`kidladi. Birinchi bosqichda xakerlar Exchange Server-ning serveriga o`g`irlangan parollardan foydalanib kirgan va keyin buzilgan serverni masofadan boshqarish uchun zararli skript yaratgan. Shundan so`ng ular AQShning shaxsiy serverlaridan  ma`lumotlarni o`g`irlagan, deydi Microsoft.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin, o`z navbatida, Xitoy hukumati kiberhujumlarga qarshi va Microsoft dasturiy ta`minotini buzishga urinishlar bilan hech qanday aloqasi yo`qligini aytdi. Oq uy vakili Jen Psakining ta`kidlashicha, topilgan zaiflik xakerlar tomonidan yana foydalanilishi va xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yil oxirida AQSh ma`murlari SolarWinds IT kompaniyasiga ommaviy xakerlik hujumi haqida e`lon qilgan edi. Ushbu platforma xakerlar tomonidan Amerikaning bir qator bo`limlariga, shu jumladan Moliya vazirligi va AQSh Savdo vazirligining Milliy telekommunikasiya va axborot ma`muriyati tizimlariga noqonuniy kirish uchun foydalanilgan. Bloomber xabariga ko`ra, dunyo bo`ylab kamida 200 tashkilot SolarWinds-ning xakerlik ta`siriga uchradi.

Sharhlar

Меҳмон 06.03.2021, 05:52
Kim aytdi ularga microsoft ishlatsin deb
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1