AsosiyJamiyat

“Mega”ning yonginasida talonchilik sodir bo`ldi

'“Mega”ning yonginasida talonchilik sodir bo`ldi'ning rasmi

25 fevral kuni soat 22:30 larda noma`lum shaxslar Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan “MEGA PLANET” savdo majmuasining oldidan o`tib ketayotgan 23 yoshli Qodirjon D.,ni to`xtatib, undan narxi 200 AQSh dollarlik “Redmi note 5 pro” rusumli uyali telefon apparatini bir marotaba qo`ng`iroq qilib olish uchun so`rab olib, ushbu uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan qochib ketgan, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 23 yoshli Jasur G`., 24 yoshli Otabek I., va 20 yoshli Jasurbek I., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

    Boshqa yangiliklar