Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizning faol ayollari ishtirokida bo`lib o`tayotgan davlat tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoev ayollarning jamiyatdagi o`rniga alohida to`xtaldi, deya xabar qilmoqda "Darakchi" muxbiri.
“Bugungi kunda azizu mukarram ayollarimizning barcha soha va tarmoqlardagi o`rni va ta`siri yanada ortib bormoqda. Buning tasdig`ini respublikamizda mehnat bilan band aholining 45 foizini xotin-qizlar tashkil etayotganida ham, yaqqol ko`rish mumkin. Ayollarimiz orasida taniqli davlat va jamoat arboblari, jumladan, o`nlab senator va deputatlar, vazir va hokimlar, O`zbekiston Qahramonlari, akademiklar, professorlar, O`zbekiston xalq shoirlari, Xalq o`qituvchilari, Xalq artistlari, nodavlat tashkilotlarning faol vakillari borligi, barchamizni quvontiradi”, - dedi Prezident.
Ta`kidlanishicha, hozirgi vaqtda mamlakatimiz boshqaruv tizimida ayollarning ulushi 33 foizga etgan. Yurtimiz bo`yicha bir yarim mingga yaqin xotin-qizlar, turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda.
Xususan:
- 6 ta tumanda hokim vazifasida;
- yuzlab hududlarimizda, o`rinbosar va maslahatchi lavozimlarida, shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning ishtirokini kuchaytirish maqsadida, 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.
Bayram tadbiri davom etmoqda.






