2020-2021- o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida "Tarbiya" fani joriy qilingan edi.
Ushbu fan o`quvchilarni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlashi, faol fuqarolik pozisiyasi, masʼuliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog`lom eʼtiqod, ma`rifatparvarlik, bag`rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishi bilan avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi.
Yangi yondashuvlar o`qituvchidan darsni yangicha metod va texnologiyalar asosida o`tishni taqozo etadi. Shuni hisobga olib, yangi fanni o`tishda o`qituvchilarni qo`llab-quvvatlash, fan maqsad-vazifalarini va g`oyasini ommalashtirish maqsadida www.tarbiyam.uz sayti joriy etildi.
Saytda "Tarbiya" fanini o`qitish dasturlari, taqvim-mavzu reja va darslikning elektron variantlarini qolaversa, darsni tashkil etishga doir barcha metodik yordam, qo`shimcha manba va materiallar mavjud.
Saytda shuningdek, darsliklarning elektron variantlari, ibratli hikoyalar, muvaffaqiyatga erishgan zamondoshlar haqida ma`lumotlar o`rin olgan.






