AsosiyJamiyat

Tutzorlar barpo etish uchun davlat tomonidan subsidiya ajratilishini bilasizmi?

'Tutzorlar barpo etish uchun davlat tomonidan subsidiya ajratilishini bilasizmi?'ning rasmi

 Adliya vazirligi yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjeti mablag`lari hisobidan subsidiya taqdim etilishi haqida eslatma berdi.

Xususan:

➖ pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sug`orish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun tomchilatib sug`orish tizimini joriy etgan holda yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 million so`mgacha;

➖ maydoni 35 gektardan ziyod tutzorlarda suv chiqarish uchun burg`ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so`mgacha subsidiya taqdim etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar