Bosh prokuratura huzuridagi Olmazor tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.B. dori vositalarini qimmat narxlarda dorixona va uning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritib daromad orttirish maqsadida, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan jami 15 ming dona “Mesopril Kit” va “Avort-Kit” nomli dori vositalarini har bir donasini 10 ming so`mdan hisoblab, xaridorga 150 mln so`mga sotishga kelishib, oldindan 5 ming donasini 50 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






