2020 yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida 31 yoshli Husanjon T., Qo`qon shahrining turli hududlarida tanishi 38 yoshli Kamoliddin I.,ga bank tizimi pul o`tkazmalari orqali pullarini aylantirib, ko`p foyda olishi mumkinligiga qiziqtirib, undan jami 71 200 AQSh dollar va 1 009 258 000 so`m pul mablag`larini aldov yo`li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahri bo`yicha IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan Husanjon T.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida, Kamoliddin I., Qo`qon shahrida joylashgan xususiy korxona rahbari bo`lib, Agra bank Qo`qon shahri filiali mijozi ekanligi, ushbu bank xodimi Husanjon T., bilan ancha yildan beri tanish bo`lib, unga 20 000 AQSh dollar qarz berganida, Husanjon T., ushbu pullarni bankka qo`yib foyda olishini aytib, uni qiziqtirib bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2.250.000 so`m pul olib kelib berib, keyinchalik undan olgan pullari evaziga foydasi deb jami 240.000.000 so`m pul mablag`lari berib, u ham qiziqib yanada ko`proq pul berib borganligi, oradan ma`lum bir vaqt o`tib, Husanjon T., xorijga chiqish pasportini olib Qirg`iziston Respublikasiga chiqib ketib qolganligi, undan olgan pullarini bankka qo`ymasdan ehtiyojlariga sarflab, bir qismiga er uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi ma`lum bo`lgan.
Hozirda Husanjon T.,ni ushlash choralari ko`rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo`lmagan insonlarga o`z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to`riga tushmaslik o`z qo`lingizda.