Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 7 mart kuni tunda ikki «Cobalt» to`qnashib, ulardan biri ag`darilib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, voqea 7 mart kuni soat 23:55 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida sodir bo`lgan. Haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan O.B. «Cobalt» rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib simyog`ochga urilgan va o`z yo`lida harakatlanib kelayotgan A.Sh. boshqaruvida bo`lgan yana bir «Cobalt» rusumli avtomobilga to`qnashgan.
Ma`lum qilinishicha, yo`l transport hodisasi oqinatida haydovchi O.B. boshqaruvidagi «Cobalt» yo`lovchilari, 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu., hamda haydovchi A.Sh. va uning boshqaruvida bo`lgan avtomobil yo`lovchisi 27 yoshli V.Sh.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. Mazkur to`qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.