NordPass servisining blogida butun yil davomidagi eng sodda parollar reytingi e`lon qilindi.
NordPass – parollarni saqlash ilovasi bo‘lib, uning dasturchilari 2019-2020 yilda ommaviy sizib chiqqan login-parollarni ko‘rib chiqishgan va ularning ro‘yxatni e’lon qilgan. Umuman olganda, reyting yarim milliard login-parol asosida tuzilgan. Servisning saytida shulardan eng sodda 200 ta parol ro‘yxati keltirilgan.
Quyida TOP-o‘ntalikka kirgan – eng yomon parollarni keltirdik:
- 12345 – 2,8 million marta uchragan
- 123456 – 2,4 million marta uchragan
- 123456789 – million marta uchragan
- test1 – 990 ming marta uchragan
- password – 830 ming marta uchragan
- 12345678 – 512 ming marta uchragan
- zinch – 483 ming marta uchragan
- g_czechout – 372 ming marta uchragan
- asdf – 359 ming marta uchragan
- qwerty – 348 ming marta uchragan