AsosiyJamiyat

Bugun harorat ko`tariladi, ikkita hududda esa yomg`ir yog`adi

'Bugun harorat ko`tariladi, ikkita hududda esa yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati хabariga ko`ra, bugun, 9 mart kunduz kuni respublikada iliq ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.. Havo 17-22° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 19-21° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14° iliqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar