1

Koronavirusdan sog`ayganlar ham vaksina qabul qilishi mumkinmi?

Salomatlik 09.03.2021, 11:43
Koronavirusdan sog`ayganlar ham vaksina qabul qilishi mumkinmi?

SSV matbuot xizmati “COVID-19” ga qarshi emlash tadbirlari qachon boshlanadi va kimlar birinchi galda emlanadi? Ular qaerda emlanadi? Shu kabi muhim savollariga vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Botir QURBONOVdan javob oldi.  

— Koronavirus infeksiyasidan kasallanib, sog`ayganlar ham vaksina qabul qilishi kerakmi?

— Ha, virusning o`zgaruvchan ekanligi, doimiy ravishda mutasiyaga uchrashi, “COVID-19” bilan bog`liq xavflarning yuqoriligi va koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimolining borligi sababli, ushbu kasallik bilan avval kasallangan bo`lishidan qat`i nazar, emlanish tavsiya etiladi.

— O`zbekistonda “COVID-19” ga qarshi kimlar birinchi galda emlanadi?  

— Dastlab JSSTning tavsiyasiga ko`ra va dunyodagi boshqa davlatlar tajribasini o`rgangan holda, Sog`liqni saqlash vazirining joriy yil 15 fevraldagi tegishli buyrug`iga asosan, aholi kasallikni yuqtirib olish xavfiga qarab toifalarga bo`lingan. Demak, olib kelingan vaksinalar bilan emlash ham shu ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Unga muvofiq:

Yuqish xavfi juda yuqori bo`lganlar: 65 yoshdan katta bo`lganlar (65-74, 75-84, 85 yosh va undan yuqori), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchilar;  

Yuqori xavf ostida bo`lganlar: Qurolli kuchlar va huquqni muxofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari, transport xodimlari (metro, temir yo`l, aeroport), maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarda xizmat qilayotgan xodimlar, chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, Mehnat migrantlari ketma-ketlikda emlanishi rejalashtirilmoqda. Shundan keyingina asta-sekin aholining boshqa qatlamlari ham qamrab olinadi.

— Fuqarolar qaerda emlanadi?

Koronavirusga qarshi emlash ishlari ko`p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokor punktlarida va mobil guruhlar tomonidan amalga oshiriladi. Hududiy ambulatoriya-poliklinika xizmati tomonidan fuqarolarga emlanadigan kuni, vaqti va joyi haqida, albatta, xabar beriladi.  

Emlash ishlarini esa maxsus tayyorgarlikdan o`tgan, alohida sertifikatlarga ega bo`lgan vaksinatorlar amalga oshiradi.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1