AsosiyJamiyat

490 nafar fuqaro Qozog`istonda ishlash uchun jo`natildi

'490 nafar fuqaro Qozog`istonda ishlash uchun jo`natildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, O`zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta`minlash maqsadida Qozog`iston Respublikasi ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarimizni ushbu davlatga ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan.

Kelishuvga muvofiq, 7 mart kuni Qoraqalpog`iston Respublikasidan 490 nafar fuqaro «Dovud ota» chegara posti orqali yirik qurilish ob`ektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog`iston Respublikasining Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda jo`nab ketdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sug`urta polisi va xizmat ko`rsatish shartnomasi rasmiylashtirilgan, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berilgan.

 

    Boshqa yangiliklar